<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Rabbimizni Sevgisi</title>
<lyrics>[V1]
 Gʻamni quvdi uzoqqa
 Oʻrgatdi U firoqqa
 Tushirmas hech tuzoqqa
 Rabbimizni Sevgisi!

[V2]
 Yasha har kun his qilib
 Yurmaysan bagʻring tilib
 Gʻamni aritar kelib
 Rabbimizni Sevgisi!

[V3]
 Boʻlar yuzingda kulgu
 Qalbingda goʻzal tuygʻu
 Jannatga boshlar mangu
 Rabbimizni Sevgisi!

[V4]
 Muqaddas Ruhga toʻlib
 Yashnatar qolsang soʻlib.
 Kelar Inoyat boʻlib
 Rabbimizni Sevgisi!

[V5]
 Seni qutqargan oʻsha
 Barokat bergan qoʻsha.
 Deydi boringni toʻsha
 Rabbimizni Sevgisi!

[V6]
 Sano aytib toʻymaysan
 Beixtiyor oʻynaysan.
 Qanday rohatdir bilsang
 Rabbimizni Sevgisi!

[V7]
 Gʻiybatga tiling bormas
 Yaxshilik qilish ormas.
 Seni tashvishga qormas
 Rabbimizni Sevgisi!

[V8]
 Ota deysan Xudoni
 Taratib nur ziyoni.
 Qutqaradi dunyoni
 Rabbimizni Sevgisi!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
</song>